So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Xuseyn SHodiev: "Bizda futzal rivojlanish bosqichida" Yangiliklar

Xuseyn SHodiev: "Bizda futzal rivojlanish bosqichida"

Teglar :  Futzal
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvidan keyin raqiblarimiz ustozi Xuseyn SHodievning fikrlari bilan qiziqdik.

"O'z shogirdlarimning o'yinidan qoniqmadim, chunki juda ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik.

O'zbekiston terma jamoasining tarkibi Osiyo chempionatidagidan ancha farq qildi, jamoaning asosiy o'yinchilari klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'l olishibdi. Yigitlarni bu jamoaga qarshi tayyorlash biroz qiyin bo'ldi, sababi ular umuman boshqa tarkibga qarshi tayyorlanishgan edi. Yangi o'yinchilardan iborat jamoaga qarshi biroz bo'shashishdi va imkoniyatlarni ko'kka sovurishdi.

Yana ikki kun ketma-ket o'yin bo'ladi, bu degani har ikki jamoaga o'ynash qiyinlashib boradi. CHunki, o'yindan keyin tiklanish uchun kamida 48 soatdan 72 soatgacha vaqt kerak. SHunday bo'lsada, keyingi bellashuvlarda ijobiy natija kutib qolamiz.

Bundan tashqari, futzalchilarimizga tajriba etishmayapti, chunki tarkibimiz juda yosh, Osiyo chempionatida ham eng yosh jamoalardan biri bo'ldik. Aksariyat o'yinchilar terma jamoada sanoqli o'yin o'tkazishgan xolos. SHuning uchun ham asosiy og'irlik 5-6 nafar futzalchilarimizga tushmoqda. Bizda futzal rivojlanish bosqichida", - deb takidlab o'tdi Xuseyn SHodiev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика