So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Xurshidbek Muxtorov: "Andijon"ga qarshi bahs ajoyib o'tishiga shubha yo'q" Yangiliklar

Xurshidbek Muxtorov: "Andijon"ga qarshi bahs ajoyib o'tishiga shubha yo'q"

Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumning dastlabki ikki turida o'tgan yilgi chempion hamda vice-chempionga qarshi o'yinlar o'tkazdi.

Ilk turda Toshkentda "Paxtakor"ga imkoniyat boy berilgan bo'lsa (1:2), ikkinchi turda Namanganda "Lokomotiv" taslim etildi. Mazkur bahslarda "lochinlar"ning yangi himoyachisi Xurshidbek Muxtorov ishtirok etdi. Biz Superliganing 3-turidan oldin futbolchi bilan suhbatlashdik.

- 2020 yilgi Superliganing dastlabki turini Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdinglar. "Navbahor" hisobda oldinda borib yakunda mag'lub bo'ldi. O'sha bahsni qanday yodga olasiz?

- "Paxtakor" bilan o'yindagi mag'lubiyat juda ham alamli bo'ldi. Buni barcha ko'rdi. Mavsumni g'alaba bilan boshlashni juda ham xohlagandik. Biroq turli sabablarga ko'ra bunday bo'lmadi. Hayot davom etadi. O'yindan keyin kiyim almashtirish xonasida barcha yigitlar bilan birga mag'lubiyatni unutib, uyda "Lokomotiv"ga qarshi bahsga yaxshi tayyorlanish va yutishni maqsad qilib qo'ydik.

- O'sha mag'lubiyatdan so'ng "Lokomotiv"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rishda futbolchilarda ruhiy qiyinchilik kuzatilmadimi?

- "Lokomotiv" bilan bahsga tayyorgarlik ko'rishda jamoadoshlarimda ruhan qiyinchilik bo'lmadi deb o'ylayman. CHunki "Navbahor" 2020 yilgi mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan. Klub Osiyo chempionlar ligasida o'ynamoqchi, bu maqsad yo'lida har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, har qanday vaziyatga ham jismonan, ham ruhan tayyor bo'lish lozim. "Navbahor" jamoasida juda yaxshi futbolchilar yig'ilgan, barcha professional. Navbatdagi o'yinga o'zini qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Barchasi futbolchilarning o'ziga bog'liq deb o'ylayman.


- "Temiryo'lchilar" bilan o'yinda 2:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Bu bahs haqida nima deya olasiz?

- "Lokomotiv"ga qarshi o'yin juda zo'r o'tdi. O'z maydonimizda, stadion to'la muxlislar qarshisida o'ynadik. SHu bois ilk daqiqalardan hujumga o'tdik va bir nechta xavfli vaziyatlar yarata oldik. Bir marta to'p ustunga ham tegib qaytdi. Ikkinchi taymda hujumlarimiz samara berdi va ikkita gol ura oldik. Xudoga shukur g'alabaga erisha oldik va muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. SHu kuni barcha yigitlar maydonda jonini berib harakat qildi. Muxlislarni xursand qilganimizdan mamnunmiz. Xudo xohlasa, keyingi o'yinlarda ham ijobiy natijalarga erishib, ularni xursand qilishda davom etamiz.

- Muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynash futbolchilaga qo'shimcha bosim yuklaydimi yoki aksincha?

- Aksincha, stadion to'lgani futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi. Har qanday futbolchi muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionda o'ynashni istaydi. SHu bois bosim bo'lgani yo'q, barchamiz maza qilib futbol o'ynadik. Har bir o'yinda stadion mana shuday to'lishini kutamiz.

- Andrey Kanchelskis g'alabadan so'ng futbolchilarga nimalar dedi?

- Bosh murabbiy barchani tabrikladi va g'alabani tezroq unutib, navbatdagi "Andijon"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rishimizni aytdi.

- Superliganing 3-turini "Navbahor" 15 mart kuni Andijonda "Andijon"ga qarshi o'ynaydi...

- "Andijon" bu mavsum o'z maydonidagi ilk uchrashuvni "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. Ochilish o'yinida "Sog'lom Avlod" stadioniga minglab tomoshabinlar kelishi aniq. Bo'lajak o'yin muxlislarga yoqadigan, haqiqiy derbiga xos tarzda o'tishiga hech qanday shubha yo'q.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика