So’nggi yangiliklar

05:24Кутганмидингиз? Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  0 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  3 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  3 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  19 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  104 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  60 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4

Xurshid Muxtorov: “Olmaliq"qa foydam tegishini xohlayman” Yangiliklar

Xurshid Muxtorov: “Olmaliq"qa foydam tegishini xohlayman”

Xurshid Muxtorov “Qo'qon-1912”,”So'g'diyona”,”Lokomotiv”da o'ynaganidan, hozirda esa “Olmaliq” jamoasida ijara asosida to'p tepayotganidan xabaringiz bor.

Biz uchun himoyachi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Katta futbolga kirib kelishingizda kim sababchi bo'lgan?
- Mahallamizda ko'pchilik bolalar singari to'p tepib, ko'cha changitib yurar edim. Uydagilarim qiziqishimni sezib, onam qo'limdan etaklab futbol tugaragiga  olib borganlar. Millionlar o'yiniga kirib kelishimda  aynan onam sababchi bo'lganlar. 9 yoshimdan futbolga kirib kelganman va Gulistonda futbol  tugaragiga qatnashar edim. Birinchi ustozlarim Zafar Pardaev va Maxmud Abdialimovlar  bo'lishgan. 11 yoshimdan “Paxtakor” akademiyasida tahsil olganman. Keyin esa  Rustam Oripov qo'l ostida shug'ullanganman va shu darajaga etishimga aynan ularning mehnatlari evaziga erishganman.  Men shu insonning shogirdi  ekanligimdan faxrlanaman. SHu fursatdan foydalanib, barcha ustozlarimga rahmat aytmoqchiman. Albatta futbolchilar hayotida juda ko'p o'ziga yarasha  qiyinchiliklar bo'ladi. Menda  ham o'zimga yarasha qiyinchiliklar bo'lgan. Menimcha, inson o'z kelajagini o'zi yaratadi.

- 2013 yildan beri “Lokomotiv” tarkibidasiz. Ushbu jamoa haqida qanday fikrdasiz?
- Menimcha, ushbu jamoada eng kuchlilar yig'ilgan va oliy liga turnir jadvalida ham peshqadamlikni saqlab kelmoqda. CHempionlar ligasida “Al-Ayn” jamoasiga qarshi o'yinda omad tilayman.


 
- Sizning faoliyatigizni o'rganish davomida “So'g'diyona” jamoasida ham o'ynaganingiz haqida bildik. Jamoadagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?

- “So'g'diyona” jamoasi faoliyatimga katta o'zgarish qilgan albatta ijobiy tomonga.  O'yin amaliyotiga ega bo'lganman. Katta futbolda o'z o'rnimga ega bo'lishimga, masuliyatni his qilishimga yordam bergan. Davron Fayziev yoshlarga maydonda o'zlarini sinash uchun katta imkoniyat beradi. Jamoada ichki muhit ham yaxshi shakillangan va hamma bir- biri bilan inoq.  “Lokomotiv” tarkibida Jizzaxda “So'g'diyona”  maydonida o'ynadim. Albatta hayajon bor edi. Qadrdon stadion va muxlislar. O'zimga qadrli bo'lgan jamoaga qarshi o'ynash oson bo'lgani yuq.

- Hozirgi kunda ijara asosida “Olmaliq” jamoasida to'p tepayapsiz. Bu qarorga qanday keldingiz?
-Birinchi davrada “Lokomotiv” safida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim.  SHuning uchun ham “Olmaliq” taklifini rad etmadim.  Igor SHkvirin yoshlarga ishonadi va men o'z ustimda ishlab, ushbu jamoaga foydam tegishini xohlayman.
 
- Oliy liganing 19-turida “Olmaliq” klubi Bekobodda  “Metallurg” jamoasi  bilan bellashdi (4:2) . Ushbu o'yin haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Juda og'ir o'yin bo'ldi. Futbolda bir gap bor: ”Sen urmasang, senga urishadi ”. Muxlislardan o'zr so'raymiz. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman.


- Mavzudan tashqari bo'lsada. Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
-Men “Real Madrid” muxlisiman.  Garet Beyl o'yin uslubiga qiziqaman.

- Misrani davom ettiring. Agar futbolchi bo'lmaganimda...
- Yurist bo'lar edim.

- Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz futbolga qiziqishi shartmi?
- Buni vaqt ko'rsatadi. Agar qiziqmasa keyin qiziqib qoladi (kuladi).

- Xurshid Muxtorovga mazmunli suhbati uchun rahmat aytamiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.


Dildora Xolboeva tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика