Xurshid Muxtorov - Lokomotiv futbolchisi
12 jan 2021 15:13
Yangiliklar


Xurshid Muxtorov - Lokomotiv futbolchisi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan Lokomotiv o'z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to'ldirib oldi.
Ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bir tekis o'ynay oladigan Xurshid Muxtorov to'rt yillik tanaffusdan so'ng yana «temiryo'lchilar» safiga qaytdi.
Xurshid Muxtorov katta futboldagi faoliyatini 2015 yil «Qo'qon-1912» safida boshlab, keyinchalik «So'g'diyona»ga yo'l olgan. U 2016 yil bir davra «Loko» sharafini himoya qilib, so'ngra AGMKga o'tib ketgandi.
Ushbu futbolchi 2017-2018 yillarni ham AGMK tarkibida o'tkazib, 2019 yil «Nasaf» hamda 2020 yil «Navbahor»da faoliyat yuritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar