Xuntelaar futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini aytdi
13 dek 2020 19:55
Yangiliklar


Xuntelaar futbolchilik faoliyatini yakunlayotganini aytdi
“Ayaks” azosi Klaas-Yan Xuntelaar joriy mavsum yakunida futbol bilan xayrlashishini elon qildi.
“Kelajagim haqida ko'p o'yladim. Bu mening oxirgi mavsumim bo'ladi. Uni yuqori kayfiyat bilan oxirigacha o'tkazaman.
Keyin nima bo'ladi? Biroz vaqt oilam bilan bo'laman va ozgina dam olaman. Undan so'ng esa murabbiylikka o'qib, diplom olmoqchiman”, deydi 37 yoshli niderlandiyalik.
Xuntelaar faoliyati davomida “Ayaks”dan tashqari, PSV, “Real”, “Milan”, “SHalke 04” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar