Xummels: "Bavariya" mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvida sovrin yutmoqchi edi"
13 avg 2018 07:45
Yangiliklar
Xummels: "Bavariya" mavsumning birinchi rasmiy uchrashuvida sovrin yutmoqchi edi"
"Bavariya" himoyachisi Mats Xummels Germaniya Superkubogi uchun bahsda "Ayntraxt" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
Frankfurtdagi "Kommercbank-Arena"da o'tgan bahs 5:0 hisobida myunxenliklar g'alabasi bilan yakunlandi.
"Bahordagi omadsizliklar va mundialdagi mag'lubiyatdan so'ng bu sovrin ko'p narsani anglatadi. "Bavariya" futbolchilari ko'p ishlashdi va mavsumni yaxshi boshlashga umid qilishdi. Birinchi rasmiy bahsda sovrin yutmoqchi edik" - deydi Xummels.
"Bavariya" Ayntraxtni mag'lub etib tarixda 7-marta Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar