Xulen Lopetegi: "Ramos - haqiqiy sardor"
28 okt 2018 04:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460077_original.jpg)
![](/upload/storage/460077_220.jpg)
Xulen Lopetegi: "Ramos - haqiqiy sardor"
"U bizning sardor va buni o'yin vaqtida ajoyib tarzda uddalaydi. Ramos bizning tarkibda ekanligi yaxshi. Buyuk jamoa sardorlari bor, Serxio - ulardan biri", - deya Xulen Lopetegi shogirdiga ishonch bildirdi.
SHuningdek, Lopetegi "Kamp Nou" stadionidan uch ochko bilan ortga qaytishni rejalashtirayotgani haqida aytib o'tdi.
"Imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Bunday o'yinlarda maydonning barcha zonalarida to'p bilan ko'proq muomalada bo'lish talab etiladi. Bu himoyachilarga ham, hujum chizig'i vakillariga ham tegishli. Istefo? Hozir mening bor etiborim "Barselona" bilan bo'ladigan uchrashuvga qaratilgan. Muhlislarning nima deyishayotganini bilmayman. CHunki, ularning fikri g'alaba qozonishimiz uchun yordam bermaydi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Yana bir bor eslatib o'tamiz, Pike - Ramos to'qnashuvi bugun, 28 oktyabr Toshkent vaqti bilan 20:15da start oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar