So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  0 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  0 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Xudoyberganov chetlatilmadimi? Yangiliklar

Xudoyberganov chetlatilmadimi?

Bugun O'zFHM Coca-Cola Superliganing 20-turida ishlaydigan rasmiylar ro'yxatini elon qildi.

16 sentyabr kuni Namangandagi o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan Abdurashid Xudoyberganovning "Lokomotiv" — "Neftchi" bahsida ishlashi OAV noroziligiga sabab bo'ldi. Hamma o'zicha talqin qilayotgani uchun vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilamiz. 

Xato qarash

Jamoatchilik "Navbahor" foydasiga xato qilgan referi chetlatilmagani uchun O'zFHMga etiroz bildiryapti. Aslida hakamlarni diskvalifikaciya qilish tartibi boshqacha:

Dastlab, markaz qoshidagi Ekspert-hakamlar komissiyasi  epizodlarni tahlil qiladi. Agar qoidaga zid harakat aniqlansa, chora ko'rishi uchun O'FA Hakamlar qo'mitasiga taqdimnona kiritiladi.

Ayni paytda O'zFHMning komissiya va qo'mitaga bosim o'tkazishga haqqi yo'q. SHunday ekan, OAVning to'g'ri etirozlari noto'g'ri manzilga yuborilyapti.

Tayinlov sababi

Bu bo'yicha O'zFHM matbuot xizmatiga murojaat qildik. Tashkilot masullari "qo'mita hali yig'ilmagani uchun referi hozircha (!) chetlatilmaganini" malum qilishdi. 

SHuningdek, Superliga bahslarida ishlovchi 3 nafar referi (Risqullaev, Najafaliev, Lutfulin) OFKdan chaqiruv olgani tufayli 20-turda hakamlar tanqisligi ro'y bermoqda. SHunday bo'lsa ham, vaziyat to'g'ri baholanib, Xudoyberganov yashil maydonda emas, VAR xonasida ishlaydigan bo'ldi.

Nega jazolanmadi?

Namangandagi uchrashuvdan keyin "Qizilqum" masullari hakamning qarori bo'yicha rasmiy shikoyat yozgani bildirilgan edi. Bunday holatda qo'mita etiroz uchun tegishli to'lov (10 mln so'm) to'langanidan keyin 3 ish kunida yig'ilishi kerak. 

Bu borada malumot olish uchun O'zPFL bilan bog'landik. Ish "Qizilqum" jamoasi reglamentda belgilangan to'lovni 48 soat ichida to'lamagani uchun ko'rib chiqilmagani aytildi (Demak, Navoiy klubiga nisbatan reglamentning 14-bob 10-bandiga muvofiq chora ko'ril(a)di).

Qachon chetlatiladi?

Buning uchun O'FA hakamlar qo'mitasi qachon yig'ilishini bilish kifoya. Mazkur mutaxassislar so'nggi bor 15 sentyabrda jamlangan va oxirgi 20 kunda ro'y bergan xatolar bo'yicha qaror chiqarishgan edi. Demak, 20-turdan keyin navbatdagi majlis uchun etarli material yig'ilib qolsa kerak. Ungacha vahimaga hojat yo'q.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика