So’nggi yangiliklar

15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  1 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6

Xuddi jangari filmlardagidek... Yangiliklar

Xuddi jangari filmlardagidek...

Teglar :  Alan Pulido
"Olimpiakos" va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi Alan Pulido yakshanba kuni o'z vatanida o'g'irlab ketilgan edi.

Futbolchi o'zini ozod etish jarayoni qanday bo'lganini so'zlab berdi.

25 yoshli o'yinchi bayramdan so'ng uyiga ketayotgan edi. Uning yo'lini bir nechta avtomobillar to'sib olishdi va niqobli odamlar Pulidoni qo'lga olib, uning qiz o'rtog'iga tegishmadi.

Mahalliy policiya xizmati uzoq vaqt futbolchi qaerda ekanligini aniqlay olmadi, ammo keyinroq Pulidoning o'zi ular bilan bog'landi.

Meksikalik unga qarab turish topshirilgan jinoyatchidan quroli va telefonini olib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Futbolchi policiyaga uch marta qo'ng'iroq qildi.


Pulido o'zi turgan joyni haqida malumot berish uchun derazadan atrofga qarab qo'shni bino va uning yonida turgan mashina borasida malumot berdi. Ikkinchi qo'ng'iroqda esa policiya operatori undan bir necha marotaba o'q uzishni so'ragan. Bunga sabab ular Pulido turgan joyni aniqlashtirib olmoqchi edi. Ammo futbolchi unda o'q yo'qligini aytib, xavfsizlik xodimlari uni otib qo'ymasliklari uchun o'zining qanday ko'rinishda ekanligini tasvirlab berdi. Uchinchi qo'ng'iroqda u policiya to'g'ri manzilga kelganini tasdiqladi.

Pulido derazadan qochish paytida bilagini kesib olgan. Futbolchiga tibbiy va ruxiy yordam ko'rsatildi.


Ozod qilingan asir yangi hayot uchun yaratganga minnatdorchilik bildirdi va undan havotir olgan muxlislarga rahmat aytdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика