Xuan Sebastyan Veron: "Dibala Lautarodan farq qiladi"
21 mar 2020 22:22
Yangiliklar


Xuan Sebastyan Veron: "Dibala Lautarodan farq qiladi"
Argentinaning "Estudiantes" klubi prezidenti Xuan Sebastyan Veron "Yuventus" yarim himoyachisi Paulo Dibala va "Inter" hujumchisi Lautaro Martines haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ular bir-biridan keskin farq qiladi. Dibala — hujumda ham, yarim himoyada ham o'ynay oladigan ajoyib futbolchi. Menimcha, Lautaro buni uddalay olmaydi. Ammo u jarima maydonchasi ichida nisbatan xavfliroq va ko'proq gol uradi. Ular birgalikda o'ynashlari mumkin, o'ylaymanki, ajoyib tandem hosil bo'ladi", — deydi Argentina terma jamoasining sobiq vakili.
O’xshash yangiliklar
17:10
Lautaro bilan Chalxanog'lu o'rtasidagi nizo tufayli "Inter"da favqulodda yig'ilish bo'lib o'tdi 4

Fikrlar