Xuan Rikelme Kavani va Vidalni o'z jamoasiga chorlamoqda
18 iyu 2022 08:35
Yangiliklar
Xuan Rikelme Kavani va Vidalni o'z jamoasiga chorlamoqda
“Boka Xuniors” vice-prezidenti Xuan Rikelme hujumchi Edinson Kavani va yarim himoyachi Arturo Vidalga qiziqish bildirilayotganini aytdi.
“Vidal “Boka”da o'ynash uchun tug'ilgan. Unga maosh to'lay olamizmi, bunisi boshqa masala. Xuddi shu holat Kavaniga ham tegishlidir.
Mazkur ikki yulduz yuqori saviyadagi futbolchilar. Doimo eng zo'rlari jamoangizda bo'lishini orzu qilasiz, ammo real vaziyat bundan ham murakkabroq”, deydi Rikelme.
35 yoshli Kavani o'tgan mavsum MYU safida 20 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi. U bilan tengdosh bo'lgan Vidal esa 2021/22 yilgi mavsum “Inter” safida 41 o'yinda 2+4 natija ko'rsatdi.
Fikrlar