Kavani qaysi klubda faoliyatini yakunlashini malum qildi
31 dek 2024 12:47
Yangiliklar
Kavani qaysi klubda faoliyatini yakunlashini malum qildi
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasi uning professional faoliyatidagi oxirgi klub bo'lishini elon qildi.
"Men avvalroq faoliyatimni "Boka"da yakunlamoqchiligim haqida gapirgandim va menimcha, hech nima o'zgarmagan hamda qarorimni hurmat qilaman".
Eslatib o'tamiz, Edinson "Boka"ga 2023 yil yozida ko'chib o'tgan. Buenos‑Ayres shahri jamoasi safida 55 ta o'yinda maydonga tushgan "El Matador" 23 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Kavani 37 yoshda va u Urugvay tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to'purar sanaladi. Edinson mamlakat milliy termasi safida 136 uchrashuvda 58 ta gol urgan.
Fikrlar