Xuan Mata: Turnir jadvalida yana balandroq odimlashni istaymiz
25 noy 2014 01:38
Yangiliklar


Xuan Mata: Turnir jadvalida yana balandroq odimlashni istaymiz
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Xuan Mata "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
G'alaba biz uchun juda muhim edi. Bu aniq. "Arsenal" butun o'yin davomida faqat hujum qilishga urinadigan jamoa. Ular bizning darvozamiz oldida ko'plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Lekin bu o'yinda bizga uch ochko keltirishda Valensiya, Runi va De Xea katta yordam berishdi. Endi biz to'rtinchi o'rinda bormoqdamiz. Lekin bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Yanada teparoqqa ko'tarilishga harakat qilamiz. SHuningdek, g'alabali seriyamizni imkon qadar ko'paytirib borishni mo'ljallaganmiz.

Fikrlar