Xotira turnirida "SHo'rtan" yoshlari sovrindor bo'lishdi
		
		24 fev 2020 17:20
        Yangiliklar	
	 
				 
				Xotira turnirida "SHo'rtan" yoshlari sovrindor bo'lishdi
Ikki kun (23-24 fevral) davomida “Nasaf” FK Akademiyasi yashil maydonlarida nafaqat voha, balki Respublika futboli rivojiga salmoqli hissa qo'shgan fidoiyi inson, o'z davrida Qashqadaryo viloyati hokimi bo'lib ishlagan marhum Nuriddin Zaynievich Zayniev xotirasiga bag'ishlangan birinchi xalqaro xotira turniri bo'lib o'tdi. Unda - “Nasaf” (Qarshi), “SHo'rtan” (G'uzor), “Mashal” (Muborak) hamda “Regar-TadAZ” (Tursunzoda, Tojikiston) kabi jamoalarning 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlaridan iborat futbolchilar ishtirok etishdi.
Dastlabki kuni, yarim finallarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Nasaf” - “Mashal” - 4:1, “SHo'rtan” - “Regar-TadAZ” - 4:2.
Turnirning hal qiluvchi kunida bosh sovrin uchun maydonga “Nasaf” hamda “SHo'rtan” jamoalari tushishdi. Unda turnir mezbonlari 4:0 hisobida zafar quchishdi.
Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida muboraklik futbolchilar g'alaba qozonishdi.
SHunday qilib, Abdurahmon Yumangulov va Ixtiyor Karimov murabbiyligidagi g'uzorlik yosh futbolchilar Nuriddin Zayniev xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda sovrindor bo'lishdi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar