Xosep Gvardiola: Shvaynshtayger yana tarkibda. Bu juda yaxshi xabar

22 noya 2014, 00:48
"Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola "Xoffenxaym"ga qarshi o'yinda Bastian Shvanyshtaygerning ishtiroki haqida fikr yuritdi.
Bastian tarkibda va maydonga tushishga tayyor. Bu juda yaxshi xabar. Ammo u dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishi haqida aniq bir narsa deya olmayman. Bizda jarohatlangan futbolchilar juda ko'p. Ayniqsa o'rta chiziqda.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda "Bavariya" yetakchisi Bastian Shvaynshtayger jarohati sabab  hali birorta rasmiy o'yinda maydonga tushgani yo'q.

Manba: sports.ru