Xosep Gvardiola: “Liverpul” birinchi imkoniyatdanoq samarali foydalandi”
01 jan 2017 01:19
Yangiliklar
Xosep Gvardiola: “Liverpul” birinchi imkoniyatdanoq samarali foydalandi”
“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola APL 19-turida jamoasining “Liverpul”ga uchragan mag'lubiyatiga (0:1) izoh berdi.
“Biz uchrashuvni yaxshi boshladik. Ammo “Liverpul” birinchi imkoniyatdanoq samarali foydalandi. Goldan keyin bizga qiyin bo'ldi.
Birinchi bo'limda biz ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Tanaffusdan keyin ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Gol kiritish uchun u qadar ko'p imkoniyat bo'lgani yo'q. Bu kabi o'yinlarda barchasi mayda jihatlar orqali hal etiladi. Endi bor etiboni keyingi turda “Byornli” bilan bo'ladigan uchrashuvga qaratamiz. Bu uchrashuv bilan ikkinchi davrani boshlaymiz va qanchalik muvaffaqiyatga erishamiz, buni vaqt ko'rsatadi”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar