So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Xosep Gvardiola: "Ketayotganimning asosiy sababi - Angliyada ishlamoqchiman" Yangiliklar

Xosep Gvardiola: "Ketayotganimning asosiy sababi - Angliyada ishlamoqchiman"

"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakuniga etganidan so'ng jamoani tark etishi haqida elon qilgandi.

Gvardiola faoliyatini Angliyada davom ettirishini va "Bavariya" bilan nega shartnomasini uzaytirmagani haqida gapirib o'tdi.


- Meni yoshim 55 yoki 60da bo'lganida "Bavariya"da Rummenigge, Xyoness yoki Zammer bo'ldi, endi ketaver deyishgunga qadar ishlayverardim. "Bavariya"dan ketayotganimning birgina sababi, men Angliyada, Angliya premer ligasida jamoa boshqarishni istayman. Asosiy sababi shu. Men ko'p marotaba Myunxenda baxtli ekanligimni va klubdan juda minnatdorligimni aytganman. Rahbariyat meni "Bavariya"da qolishim uchun qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Menga shunchaki yangi chorlov zarur edi. Murabbiylik faoliyatim davomida Angliyada ishlab olishni xohladim. Myunxenga kelishim oldidan ham bir qator Angliya jamoalari meni chorlashgandi. Lekin o'shanda "Bavariya"ni tanlagandim. Meni oldimda bir nechta jamoalardan takliflar bor. Ammo men hali hech bir jamoa bilan rasman shartnoma imzolaganim yo'q. Qachonki yangi jamoam nomi aniq bo'lsa, o'shanda bu jamoa nomini malum qilaman. 

- "Bavariya"ga mendan keyin Karlo Anchelottining kelishini qo'llab-quvvatlayman. Bu juda to'g'ri va aqlli tanlov bo'ldi. SHu fursatda Karlo Anchelotti ham tabriklayman. Unga "Bavariya" bilan katta yutuqlarni qo'lga kiritishini tilayman. Karlo Anchelotti juda boy va katta tajribaga ega. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida Italiya, Ispaniya, Angliya va Franciyada bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan. Men unga yaxshi jamoani qoldirib ketishga harakat qilaman. SHartnomam so'nggiga qadar esa bor kuch-g'ayratimni ishga solaman va "Bavariya"ni muvaffaqiyat sari chorlashga intilaman. Men "Bavariya" klubidan juda minnatdorman. Ular menga yaxshi ishlash uchun barcha sharoitni yaratib berishgan va hozir ham ko'maklashishmoqda. Biz mavsum oxirigacha katta kuch bilan mehnat qilamiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика