Xosep Gvardiola: Bavariyadagi uch yil ajoyib o'tdi
22 may 2016 16:02
Yangiliklar
Xosep Gvardiola: Bavariyadagi uch yil ajoyib o'tdi
Bavariya ustozi Xosep Gvardola Borussiyaga qarshi o'yindan so'ng (0:0, penaltilar seriyasi 4:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Dortmundda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Penaltilar seriyasida istalgan jamoa yutishi mumkin edi. Juda xursandmiz. Ajoyib jamoani mag'lub etdik.
Bavariyadagi uch yil g'aroyib o'tdi. Jamoaga eng yaxshi tilaklarni bildiraman, futbolchilarni sog'inib qolaman, - deydi yozda Manchester Sitida ish boshlaydigan Gvardiola.
Ushbu murabbiy qo'l ostida Myunxen klubi uch marta Bundesligada g'olib bo'ldi, ikki marta – Germaniya kubogini qo'lga kiritdi, bir martadan UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'ldi.
Fikrlar