So’nggi yangiliklar

16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  0 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   1 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  3 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  1 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  5 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  1 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  25 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8

Xose Venansio Lopes jarohatlar haqida: "Bu shunchaki omadsizlik" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes jarohatlar haqida: "Bu shunchaki omadsizlik"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes terma jamoaning bugungi mashg'ulotlarida OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

- Tayyorgarlik haqida

Hozirgi kunda terma jamoamiz juda yaxshi sport formadamiz. Biz birinchi navbatda o'zimizning o'yinimizni raqibga taklif qilishimiz kerak. Yigitlarga va jamoamga to'liq ishonaman.

- Bosh murabbiylik faoliyatingizda ko'p marotaba mundiallarda ishtirok etgansiz. Bu safar Jahon chempionatidan kutilmalaringiz va maqsadlaringiz qanday?

- Biz qadamma-qadam maqsad reja tuzishimiz kerak, lekin eng dastlabki va eng muhim maqsadimiz guruhdan chiqish. Bu biz uchun eng muhim vazifa va ayni damda faqat shu haqida o'ylamoqdamiz.

- Jahon chempionati boshlanishiga bor-yo'g'i uch kun qoldi. Tayyorgarlikning so'nggi kunlari qanday o'tmoqda?

- Barchasi reja bo'yicha ketyapti. Bu hafta faqat Niderlandiya terma jamoasi haqida o'ylamoqdamiz. Barcha mashg'ulotlarda ham faqat va faqat Niderlandiya terma jamoasini o'rganish uchun sarflamoqdamiz.

- Niderlandiya terma jamoasini o'rganib chiqdingizmi?

- Ha, albatta. Niderlandiya terma jamoasi yaqinda Tojikiston terma jamoasi va Ispaniyaga qarshi o'yin o'tkazishdi. Barcha o'yinlarni tahlil qilib chiqdim. Yana bir bor takrorlayman, biz uchun eng muhimi o'zimizning o'yinimizni raqibga taklif etish. 

- Terma jamoamiz jarohatlar girdobida qolib ketdi. Bir necha kun avval terma jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov mundialda ishtirok etmasligini bilib oldik. Jarohatlar soni bunchalik ko'payib ketganiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Ha, u jarohat oldi. Afsuski, biz ushbu vaziyatni o'zgartira olmaymiz. Dilshod jarohati sababli mundialda ishtirok etmaydi. Agar men bu muammoning echimini bilganimda, allaqachon ushbu muammoni bartaraf etgan bo'lar edim. Bu shunchaki omadsizlik.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика