So’nggi yangiliklar

17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  0 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  4 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  16 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  8 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5

Xose Venansio Lopes: "Ispaniya terma jamoasi murabbiyi sifatidagi debyut o'yinim aynan O'zbekistonga qarshi bo'lgan" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Ispaniya terma jamoasi murabbiyi sifatidagi debyut o'yinim aynan O'zbekistonga qarshi bo'lgan"

Xabaringiz bor, bugun O'FA ispaniyalik taniqli futzal murabbiyi Xose Venansio Lopes bilan shartnoma imzoladi.

Bugun O'FA anjumanlar zalida ispaniyalik mutaxassis ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.




Anjumanni O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi:
Bugun o'zbek futzalidagi tarixiy kun deb bemalol ayta olamiz. Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun say-harakatlar amalga oshirilmoqda. Terma jamoaga murabbiy tanlash juda murakkab, 30 dan ortiq nomzodlar bilan muzokaralar o'tkazildi. Dunyoning 5 karta eng yaxshi murabbiyi Xose Venansio Lopes nomzodida to'xtaldik. Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun Andijonda yangi arena barpo etiladi, mashg'ulot zallariga ham ega bo'lamiz. Jahon chempionati tufayli futzal infrastrukturamizni Jahon standartlariga moslashtiramiz.



O'FA qoshidagi futzalni rivojlantirish qo'mitasi rahbari Jahongir Usmonov: Oldimizda bir qancha musobaqalar bor. Xususan, Jahon chempionatidan avval Osiyo kubogida ishtirok etamiz. Hozirda birlamchi vazifa Osiyo chempionati. Xose Venansio mahalliy murabbiylar bilan ham ishlaydi, futzal infrastrukturasi bo'yicha ham o'z maslahatlarini berib boradi.



O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes: Avvalo, O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. O'FA rahbariyati mamlakatda futzal bo'yicha ulkan loyiha amalga oshirilayotganini aytdi. Hozircha faqatgina tashkiliy ishlar bilan band bo'laman, jamoa bilan Osiyo kubogi saralash bosqichidan so'ng mashg'ulotlarni boshlayman. Unga qadar hozirgi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov jamoa bilan ishlaydi. O'ylaymanki, bir jamoa bo'lib ishlasak, albatta, ko'zlangan natijaga erishamiz.




— Yurtimizga kelishdan avval terma jamoamizni qanchalik o'rganib chiqdingiz?

— O'zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi tanishman. CHunki Ispaniya terma jamoasi murabbiyi sifatidagi debyut o'yinim aynan O'zbekistonga qarshi bo'lgan. Litvadagi Jahon chempionati oldidan Ispaniyada tashkil etilgan yig'inda ham jamoaning uslubini o'rganib chiqqanmiz.

— O'zbekiston terma jamoasidagi kamchiliklarni ayta olasizmi?

— Eng muhimi, O'zbekistonda futzal pastki bog'indan rivojlanib bormoqda. Ispaniyalik Xose Mariya Mendez bu erda faoliyat yuritgan. U mening yaqin do'stim va juda kuchli mutaxassis bo'lib, u boshlagan ishni Bahodir Ahmedov ham alo darajada davom ettirdi. Yaxshi shakllanga jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan xursandman. Futzalchilarning darajasi juda yuqori. Himoyada harakatlanish va hujumga tezkorlik bilan o'tish ustida alohida ishlaymiz.




— Bosh murabbiy sifatida ishni boshlaganingizdan so'ng sizga terma jamoada kimlar yordam beradi?

— Bahodir Ahmedov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, uning shtabida faoliyat yuritgan barcha murabbiylar o'z ishini davom ettiradilar, jamoaga fizioterapevt va tahlilchi murabbiy ham taklif etamiz.

— Bosh murabbiy bilan qachongacha shartnoma tuzildi? Oldindagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz qoniqarsiz natija qayd etsa ham shu murabbiyning o'zi O'zbekistonni Jahon chempionatiga tayyorlaydimi?
Ravshan Irmatov:
— Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq, biroq Osiyo kubogida eng yuqori maqsadni ko'zlaganmiz. SHartnoma Jahon chempionati oxiriga qadar imzolandi. O'ylaymizki, mundialda munosib qatnashamiz.




— Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari uchun baza qurilmoqda. Futzal terma jamoamiz uchun ham shunday baza qurish rejada bormi?

Ravshan Ermatov: — Xuddi o'sha terma jamoalar markazida futzal uchun ham sharoit yaratiladi. Barcha milliy terma jamoalarimizni birgalikda rivojlantiramiz.

— Xorijiy futzalchilarni mahalliylashtirishga qanday qaraysiz?

— Agarda o'sha xorijiy futzalchi o'zbekistonlik futzalchidan anchagina kuchli bo'lsa mahalliylashtirish mumkin, agar daraja teng va bir-biriga yaqin bo'lsa bundan foyda yo'q deb bilaman. Baribir oxirgi so'zni O'FA aytadi. O'FA qanday qaror qilsa shunday bo'ladi.




Jahongir Usmonov: — SHu savolga menda ham qo'shimcha javob bor. Avvalo fuqarolik olish uchun o'sha mamlakatda 4 yil yashashi kerak. Bundan tashqari FIFAning alohida reglamenti bor. Unga ko'ra 5 yil o'sha mamlakatda yashagan bo'lishi kerak. Jahon chempionatiga 1 yil vaqt qoldi. Negadir saytlardagi izohlarda hamma braziliyalik futzalchilarni mahalliylashtirish kerak deb yozishmoqda. Jurnalistlardan iltimos qilaman, shu narsani o'quvchilarga to'g'ri etkazing. Bundan tashqari aytaylik braziliyalik futzalchi kelib terma jamoamizda o'ynasa shunchaki pul uchun o'ynaydi va ketadi. Undan ko'ra o'zimizning qishloqlarda yurgan mahoratli yoshlarga futzalga jalb qilib, o'sha yigitlarni dunyoga olib chiqsak yaxshi emasmi? O'sha qora ko'zlar bayrog'imizni balandga ko'tarishadi, madhiyamizni kuylashadi. Xorijliy futzalchilar bunday qilishmaydi. 



Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика