So’nggi yangiliklar

18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  2 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   2 17:47Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0 (матнли трансляция)  25 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  3 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  4 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  20 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  7 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  19 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  5

Xose Venansio Lopes: "Adolatli natija qayd etildi. Joriy yig'in davomida ko'proq himoya chizig'ini yaxshilash harakatidamiz" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Adolatli natija qayd etildi. Joriy yig'in davomida ko'proq himoya chizig'ini yaxshilash harakatidamiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Tojikistonga qarshi kechgan (3:2) uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi. Bahsning dastlabki 6-7 daqiqasida yaxshi o'ynay olmadik. Sababi, hayolimiz maydonda emas edi. Taym-autdan so'ng esa yigitlar o'ziga kelib olishdi. Yigitlardan agressivroq o'ynash kerakligini iltimos qildim. Bugungi adolatli natija qayd etildi.

- Darvozabonomiz Abbos Elmurodov ikkinchi bo'limda zaxiraga olindi. Bunga sabab nima?

- Bu oldindan o'ylangan reja edi. O'rtoqlik uchrashuvlarida natija ahamiyatsiz. Tarkibni o'zgartirib turishimiz kerak. Ushbu turnir davomida eksperimentlarga qul uramiz. Musobaqada davomida qaysi aspektlarni rivojlantirish kerakligini bilib olamiz.

- Jahon chempionati startiga ikki oy vaqt qoldi. Siz terma jamoaga murabbiylik qilishdan tashqari, juda ham ko'p tashkiliy ishlar bilan shug'ullanmoqdasiz. O'zingizning vazifangiz tashqari ham juda ko'p tashkiliy ishlarga rahbarlik qilmoqdasiz. Iyun oyida tashkil etilgan "FIFA Instructors" kurslarida ham shahsan o'zingiz boshchilik qildingiz. Hayotingizdagi ushbu davr qanday kechmoqda?

- Bu katta hajimdagi ish. Jahon chempionatidagi tashkiliy ishlar va mamlakatda futzalni yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilganmiz, ammo hozirgi vaqtda bor etiborimni terma jamoaga qaratganman. Joriy yig'inda ko'proq himoya ustida ishlamoqdamiz. 15 kun davomida mashg'ulot olib boryapmiz. Oldindan ikki oy vaqtimiz bor. Mundialga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olishimizga ishonaman.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика