Xose Molinani Gonkongda kutishmoqda
03 iyu 2014 15:33
Yangiliklar
Xose Molinani Gonkongda kutishmoqda
Gonkong chempioni “Kitchii”ni yaqindan boshlab ispaniyalik murabbiy Xose Molina boshqaradigan bo'ldi.
“Kitchii” OFK Kubogi chorak finaliga chiqqan jamoa hisoblanadi va o'z oldiga bu musobaqada g'olib chiqish vazifasini qo'ygan.
Endilikda murabbiylik kasbi bilan shug'ullanayotgan sobiq darvozabonni muxlislar yaxshi eslashsa kerak. Molina 1998 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Qolaversa, futbolchilik faoliyatining asosiy qismini “Deportivo”da o'tkazgan.
“Kitchii” prezidenti yangi murabbiy haqida quyidagi fikrlarni aytib o'tdi: “O'ylamanki, biz Xose Molina boshchiligida nimanidir yuta olamiz. Men uning murabbiylik uslubi bilan yaqindan tanishib chiqdim va bundan juda tasirlandim. Molina oldiga faqat natija ko'rsatish emas, balki bolalar futbolini ko'tarishni ham vazifa qilib qo'yamiz”.
Eslatib o'tamiz, “Kitchii” yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida 29 iyul kuni PSJga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Fikrlar