So’nggi yangiliklar

10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  9 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  24 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  3 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  87 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  9 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  4 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  2

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "CHelsi" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "CHelsi" bilan durang o'ynadi

Birozdan so'ng APL 10-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "CHelsi" o'yini matnli translyaciyasi.

Manchester Yunayted – CHelsi 1:1

"Old Trafford"

Gollar: Fernandesh (70-p), Kaysedo (74).

Manchester Yunayted – Onana, Mazraui, Martines, de Ligt, Diogu Dalot, Ugarte (Lindelef, 84), Kazemiro, Reshford (Diallo, 72), Brunu Fernandesh, Garnacho, Xeylund (Zirkze, 83).

CHelsi – Sanches, Jeyms, Koluill, Fofana, Gyusto (Kukurelya, 46), Laviya (Fernandes, 70), Kaysedo, Palmer, Netu, Madueke (Mudrik, 70), Jekson.

Ogohlantirish: Gyusto (37), Ugarte (42), Reshford (67), Kazemiro (85), Martines (90+3), Diallo (90+5).

Manchester United

Bruno Fernandes - 70'

Premier League . 10-tur

03/11/2024, 21:30

1
:
1
Tugadi

Chelsea

Moises Caicedo - 74'

Stadion: Old Trafford, 73813 tomoshabin

Bosh hakam: Robert Jones

45'
90'
42'  Manuel Ugarte
45'  Diogo Dalot
67'  Marcus Rashford
70'  Bruno Fernandes
73'  Marcus Rashford (Amad Diallo)
84'  Rasmus Hoejlund (Joshua Zirkzee)
84'  Manuel Ugarte (Victor Nilsson Lindeloef)
85'  Casemiro
90'  Lisandro Martinez
90'  Amad Diallo
36'  Malo Gusto
46'  Malo Gusto (Marc Cucurella)
70'  Noni Madueke (Mykhaylo Mudryk)
70'  Romeo Lavia (Enzo Fernandez)
74'  Moises Caicedo
90'  Nicolas Jackson

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! MYU o'z maydonida durang o'ynadi. Ten Xagsiz ikkinchi o'yinda ham mankunianliklar mag'lub bo'lishmadi.

90+6. UXXXXXX!! Garnachoning qanotdan uzatmasini himoyachi burchakka chiqarib yubordi. Aks holda Zirkze hisobni o'zgartirishi mumkin bo'lgandi.

90+5. Palmer ikki raqibini aldab, darvoza tomon zarba yo'lladi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

90+3. Lisandro ogohlantirildi. VAR vaziyatga aralashib, qizil berilishi mumkinligini ko'rib chiqdi. Biroq qaror o'zgarmadi.

O'yinga 4 daqiqa qo'shildi.

90. Brununing zarbasi gol bo'lishi uchun darvozani qanchalik darajada kattalashtirish kerak ekan-a? Yoki regbi darvozasini olib kelamizmi)

89. ZARBAAAAAAAA! Garnachoning zarbasi biroz noaniq ketdi.

87. Palmer qanotdan Onana darvozasi tomon uzatma amalga oshirdi. Andre to'pni ushlab oldi.

84. Maydonga tushgan zahoti Zirkze hujumda ko'rinish berdi. Himoyachilar bir amallab Joshuani to'xtatishdi.

83. Nistelroy tayanch yarim himoyachisi Ugarte o'rniga Lindelefni tushirdi. Reja - gol o'tkazib yubormaslik (shekilli).

78. GARNACHOOOO!! O'tkir burchakdan Sanches darvozasiga gol urmoqchi bo'ldi. Zarba raqibiga tegib, maydondan chiqib ketdi.

76. "CHelsi" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin bo'lgandi. Enco deyarli bo'sh darvozaga to'pni aniq yo'lantira olmadi.

74. GOOOOOOOOOOLLLLL!! Kaysedo tezkorlik bilan hisobni tenglashtirmoqda!

72. Nistelroy ham o'yinga tasirini o'tkazishni boshladi. Reshford o'yindan olindi va Diallo o'yinga tushirildi.

71. "CHelsi" o'zgarish amalga oshirmoqda. Laviya va Madueke uchun o'yin yakunlandi. Enco hamda Mudrik missiyani bajarish uchun maydonga tushmoqda.

70. GOOOOOLLLLL!! Brunu penaltidan hisobni ochmoqda!


68. PENALTI! "CHelsi" darvozasi tomon! Sanches Xoylundga qarshi fol ishlatdi. VAR vaziyatga aralashmoqda.

66. XAVFLI VAZIYATTTT! MYU ajoyib hujum uyushtirdi. Brunu zarba nuqtasida turgan Garnachoni to'p bilan taminladi. Alexandro esa gol urgisi kelmayapti shekilli, to'pni Sanchesning qo'liga tashlab berdi. 

65. Netuning zarbasini Onana ushlab oldi.

59. ZARBAAAAAA! Reshfordning zarbasini Sanches ushlab oldi.

55. ZARBAAAAAA! Netuning zarbasi "nito" ketdi!

53. Ris Jeyms burchakdan to'pni oshirdi. Kazemiro baland sakrab xavfni bartaraf qildi.

50. Kazemironing zarbasini raqib qaytardi. Kazemironing o'ziga to'p kelib tushdi va Reshford tomon to'pni oshirdi. Reshi offsayd holatida qolib ketgandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. ZARBAAAAAAAAA! Kazemironing uzatmasidan keyin Reshfordning zarbasi darvoza to'sinini titratdi.

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

42. Tezlikdagi Palmerni yiqitgan Ugarte ogohlantirildi. "CHelsi"da xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

39. Raqibi darvozasi yonida MYU bosim uyushtirdi. Fernandeshning jarimadan yo'llagan zarbasini jonli devor, Garnachoning uzatmasini himoyachilar, Fernandeshning havodan uzatgan to'pini darvozabon qaytardi.

37. ZARBAAAAAAA!! Ugarte hujumdagi sherigi Xoylund tomon to'pni oshirdi. Rasmusning zarbasini posbon qaytardi. Ugartega qarshi fol ishlatilgani uchun Gyusto sariq kartochka ishlab oldi.

35. UXXXXXX!! Ugarte markazda to'pni Palmerga oldirib qo'ydi. To'rt hujumchi bilan hujumga o'tgan "CHelsi" uch himoyachiga qarshi chiqdi. Palmer ko'p variantlari bo'lishiga qaramasdan zarba yo'lladi. De Ligt to'pni qaytardi.

30. Palmer burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. "CHelsi" hujumda fol ishlatdi va hushtak chalindi.

27. "Yunayted" yana tezkor qarshi hujumga chiqdi. Garnacho raqib posboni bilan birga bir holatga chiqayotganda Qanot hakami uni offsaydda deb baholadi. Lekin bu vaziyatda laynsmen xato qildi. Offsayd yo'q edi nazarimda.

24. UXXXXXX!! "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Garnachoning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

22. UXXXXXX!! "CHelsi" futbolchisi Xoylundga nisbatan qo'pol o'ynadi. VAR penaltini ko'rib chiqdi. Lekin bu vaziyat penaltiga tortmasdi.

19. UXXXXXX!! Onananing pasi Kazemirogacha etib bormadi. "CHelsi" futbolchisi esa darvozaga aniq zarba bera olmadi.

14. UXXXXXX!!! "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Palmer tomonidan zatilgan to'pga avvaliga Madueke boshi bilan zarba berdi. To'pni darvoza to'sini qaytardi. Qaytgan to'pga Fofana kuchli zarba berdi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

9. Palmer hujumda ko'rinish berdi. Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini de Ligt qaytardi.

6. Endi "CHelsi"ning chap qanoti hujumda faol. Palmerning uzatmasi anchagina noaniq ketdi.

4. "CHelsi" o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Uzatilgan to'pni Onana ushlab oldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика