So’nggi yangiliklar

23:37"Тулуза" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:35Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда мағлубиятга учради, Ўринбоев захирадан ўйинга қўшилди  1 22:40"Галатасарой" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  4 22:37Гарначо 40 млн фунт эвазига янги клубига ўтди  3 22:11Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Алавес"ни юта олмади. Симеоне жамоаси уч ўйинда 2 очко жамғарди  2 22:09Ровшан Мередов: "Бундай турнирлар орқали нималар қўшишимиз кераклигини кўриб оляпмиз"  8 22:00Қирғизистон бош мураббийи: "Майдон ҳолати сифатли футбол кўрсатишга йўл қўймади"  7 21:55CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон — Ўмон 1:1   22 21:32"CAFA Nations Cup-2025" Ўзбекистон илк ўйинда Кейруш бошчилигидаги Ўмонни юта олмади  366 21:23АПЛ. "Тоттенхэм" кутилмаганда ўз майдонида "Борнмут"га мағлуб бўлди, МЮ эса автогол ва пенальти эвазига "Бёрнли"дан устун келди  11 20:57БАА Лига кубоги. "Ал Наср" ва "Ал Батаэҳ" 1/8 финалнинг илк ўйинида ўзаро дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  2 20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  6 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28

Xose Mariya Mendez: "CHorak final haqida o'ylamayapmiz, oldinda Livan bilan o'yin bor" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "CHorak final haqida o'ylamayapmiz, oldinda Livan bilan o'yin bor"

Teglar :  Futzal
Osiyo chempionati 2-turidan o'rin olgan Qirg'iziston - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
"O'yin juda qiyin bo'ldi. Sababi ikki jamoa bir birini yaxshi biladi. O'yinni analiz qiladigan bo'lsak. O'yinni nazorat qildik. Himoyada juda yaxshi o'ynadik. Qirg'iziston terma jamoasi hujumda u qadar imkoniyatlar paydo bo'lmadi. Faqat o'yin boshida to'p darvoza ustuniga tekkanini hisobga olmasa. Biz esa hujumdagi harakatlarimizni yaxshilashimiz kerak", - deydi murabbiy.

- Birinchi bo'lim o'tgan o'yindagi birinchi bo'limga o'xshash bo'ldi degan fikrga qo'shilasizmi?
- Yo'q. Bunga umuman qo'shilmayman. O'tgan o'yinda juda yomon o'ynagandik. Bugun esa dastlabki 3 daqiqada yomon o'ynadik. Qolgan vaqtda esa yaxshi harakat qildik. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda esa deyarli 20 daqiqa yaxshi o'ynay olmagandik.

- Jamoa chorak finalga chiqib bo'ldi. Livanga qarshi o'yinda asosiy futzalchilarga dam berarsiz?
- Yo'q bunday bo'lmaydi. Biz asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushiramiz. Bundan tashqari Qirg'iziston va Saudiya Arabistonini ham hurmat qilgan holda o'ynaymiz. Ularning o'rnida biz ham bo'lib qolishimiz mumkin edi.

- O'zbekiston birinchi o'rin bilan chorak finalga chiqib bo'ldi. Narigi guruhda Iroq 90 foizga ikkinchi bo'lishi mumkin. Iroq jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Hozircha Iroq haqida o'ylaganim yo'q. Musobaqada kuchsiz jamoa yo'q. Avstraliyami yoki Iroqmi farqi yo'q. CHorak finalda har qanday jamoa Jahon chempionatiga chiqish uchun bor kuchi bilan o'ynaydi. Oldinlari yirik hisoblar ko'p kuzatilardi. Albatta Eron bilan tushib qolishni istamaymiz. Iroq ham kuchli jamoa, ularni ham hurmat qilamiz.

- O'tgan turda CHoriev, bugun uning akasi Rahmatov dublga erishdi. Lekin ular birga bir to'rtlikda o'ynashmayapti? Balki keyingi o'yinda shunday bo'lar?
- Keyingi o'yinga ularning ukasini olib kelamiz (kuladi). Agar jiddiy gapiradigan bo'lsak CHoriev va Rahmatov juda ham boshqa tipdagi futzalchilar.

- Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi haqida o'ylayapsiz. Lekin Evropa chempionatida Ispaniya ham o'ynamoqda. O'sha o'yinlarni ham ko'rayapsizmi?
- Evrofutzalni ko'rayapman. Ispaniyaning o'yinini 5-10 daqiqa ko'rib Qirg'izistonni o'rgandim. Portugaliyaga qarshi o'yinlarni ko'rdim. Balki Ispaniya chempioni bo'lar. Lekin aytganingizdek hozir bor etiborim Osiyo chempionati bilan bog'liq.

- SHuhrat Tojiboev hozir jamoada bo'lganida O'zbekistonni kuchaytirarmidi?
- Albatta tarkibimiz uchun muhim futzalchi edi. Ammo u Osiyo chempionatiga atiga 3 kun qolganida tuzaldi. Osiyo chempionatida 16 nafar o'yinchini ro'yxatdan o'tkazish mumkin bo'lganida uni ham ro'yxatga kiritardik. 

Narzulla Saydullaev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика