So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  1 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  10 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

Xose Mariya Mendez: "Bugun faqat muxlislarimiz uchun o'ynadik" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Bugun faqat muxlislarimiz uchun o'ynadik"

Osiyo chempionati 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Livan (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Xose Mariya Mendez qatnashdi.
“Biz bugun Qirg'iziston yoki Saudiya Arabistoni uchun o'ynamadik. Bugun o'zbekistonlik muxlislar uchun o'ynadik. Natija biz uchun muhim emasdi, faqatgina muxlislar uchun o'ynadik. Irsalievda sariq kartochka bor edi. Bugun ham ogohlantirilsa Iroq bilan o'ynay olmasdi. SHu bois uni asradik. Artur Yunusov, Andrey SHlyoma, Jamoliddin SHaripov vaDilshod Rahmatov kuni kecha shamollab qolishgandi. Ammo ular Livan bilan o'yinga tayyor holatda kelishdi. Davron CHoriev birinchi bo'limda sariq kartochka olgach uni ham almashtirdim va maydonga boshqa tushurmadim.

O'yinni ajoyib o'tkazdik. Vaziyatlar yaratib hisobda oldinga chiqib oldik. Livan ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirdi, bizning yigitlar ham biroz charchashgani sezildi. Rustam Umarov bugun Osiyoda eng kuchli posbonlardan biri ekanini isbotladi. O'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak. CHorshanba kuni Iroqqa qarshi juda ham muhim o'yin kutib turibdi”, - deydi Mendez.

- Irsaliev tushmadi, bir necha futzalchi kasal dedingiz. Ammo shunday bo'lsa ham g'alaba bo'ldi. Jamoada teng kuchli ikki tarkib bor deganimi?
- Bizda yulduz futzalchi yo'q. Barcha men uchun bir xil saviyadagi o'yinchi hisoblanadi. Bir kun Rahmatov, bir kun Abdumavlonov yaxshi o'ynaydi. Bu esa meni xursand qiladi.

- Keyingi o'yinni ikki kundan so'ng o'tkazasizlar. Bir kun dam beriladimi yoki ikki kun mashg'ulot bo'ladimi?
- Hozir shamollash epidemiyasi muammo bo'lib turibdi. Bazilarga dam berarmiz, Iroqqa qarshi bor kuch bilan tayyorgarlik ko'ramiz.

- Iroqning bugungi Eronga qarshi uchrashuvini ko'rdingiz. Xatolarni ko'rib chiqdingizmi?
- Men Iroq Eronga qarshi o'yiniga uncha etibor qilmagan bo'lardim. Har qanday jamoaning Eronga qarshi o'yini hech narsani aytib bera olmaydi. Iroqning Xitoy va Iordaniyaga qarshi bahslardagi harakatlarini o'rganib chiqishimiz kerak.

- Yulduz futbolchi yo'q dedingiz, balki Rustam Umarov yangi yulduzdir?

- Bizda jamoaviy o'yin bor. Barcha futzalchilarning statistikasi teng. Rustam Umarov esa qoyilmaqom darvozabon ekani barchaga malum. Bugun Jamoliddin SHaripov shamollagan bo'lishiga qaramay yaxshi o'ynadi, balki keyingi o'yinda boshqa o'yinchiga yuqtirar u ham yaxshi o'ynab bersa bo'ldi (kuladi).


Narzulla Saydullaev
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика