So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Xose Gomes: "Lokomotiv" bilan fantastik o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Xose Gomes: "Lokomotiv" bilan fantastik o'yin bo'ldi"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Taavon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Xose Gomes qatanshdi.

"Bugun fantastik o'yin bo'ldi. Barcha yigitlarim yaxshi o'ynadi. "Al Taavon" bosh murabbiyi sifatida aytadigan bo'lsam OCHLda gol urish qiyin. Odatda safarda 4ta gol urgan jamoa yutadi, ammo bunday bo'lmadi va biroz alam qildi", - deydi Xose Gomes.

- "Istiqlol" - "Al Ahli" uchrashuvini ko'rasizmi? Oxirgi turda nimalar kutayapsiz?

- Barchasini oxirgi tur ko'rsatib beradi. Nima sodir bo'lishi o'yindan o'yinga bog'liq. "Lokomotiv" juda agressiv o'yin namoyish etadigan jamoa, bugun buning guvohiga aylandik.

- "Al Taavon" so'nggi bor 4ta gol urgan o'yinini eslay olasizmi?

- "Al Vahda", "Al Qodisiya", "Al SHabab", "Al Ittihod" bilan o'yinlarda 4tadan gol urganmiz. Menga hujumkor o'yin yoqadi. Gol ursang g'alaba qozonish imkoniyati ko'p bo'ladi.

- SHogirdlaringiz bugun juda erkin tarzda jarima maydoniga yorib kirishdi, zarbdor vaziyatlar ko'p yaratildi. Bugun jamoaingiz mag'lubiyatdan qutulib qoldimi yoki g'alabani boy berdimi?

- Biz bugun 2 ochko yo'qotdik. Qolaversa penaltidan gol ura olmadik. SHu bois 2 ochko yo'qotdik deb aytgan bo'lardim.

- Portugaliyalik murabbiy Saudiya Arabistoni klubiga qanday yangiliklar olib keldi? Jamoa uni qanday qabul qildi?

- Evropa futbolini singdirishga harakat qilayapman. Bunda menga tashkiliy ishlar kerak. Futbolchilarga erkin fikrlash va xotirjamlikni o'rgatmoqchiman.

- "Lokomotiv"dan qaysi futbolchini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?

- O'yin paytida o'z jamoam futbolchilariga qaratdim. SHu bois sizning savolingizga javob bera olmayman. Balki o'yinni qayta ko'rib chiqqandan so'ng qaysidir futbolchini ajratib ko'rsata olarman.

- Jamoa safardami yoki uydami 4ta gol ursayu yuta olmasa... buni murabbiy sifatida qanday tushuntirib berasiz?

- Men faqat natijadan xafaman. Lekin o'yinchilarimning harakatidan emas, biz himoyadagi muammolarni bartaraf etib hujumni kamida hozirgidek saqlab qolish kerak.


Narzulla Saydullaev yozib oldi



Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика