Xose Daniel Karreno: "Eronning birinchi goli o'yindan tashqari holatdan urilgandek tuyuldi"
02 sen 2016 11:30
Yangiliklar
Xose Daniel Karreno: "Eronning birinchi goli o'yindan tashqari holatdan urilgandek tuyuldi"
JCH-2018 saralashi doirasidagi Eron - Qatar uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Xose Daniel Karreno o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yindagi mag'lubiyat uchun barchadan uzr so'rayman, keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Yaxshi o'ynagandik, raqiblar bir-biriga mos edi.
"Ikkala jamoa ham gol urishga urindi. Eronga tezkor gol urishga imkon bermadik. O'zimiz xato qilib bahs so'nggida gol o'tkazib yubordik.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Men turgan joydan Eronning birinchi goli o'yindan tashqari holatdan urilgandek tuyuldi. Ammo o'zimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydik, darvozabonimiz bunday o'ynamasligi kerak edi. Menimcha gol o'yindan tashqari holatdan urildi, biroq qanot hakami o'z o'rnida edi shu bois uning qaroriga qo'shilamiz", - deydi Xose Daniel Karreno OFK rasmiy saytiga.
Fikrlar