Xorxe Valdano: Ronaldu Messiga qarshi - bu ikki daho jangi. Beyl esa 100 mln evro turmaydi
10 apr 2018 08:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/419377_original.jpg)
![](/upload/storage/419377_220.jpg)
Xorxe Valdano: Ronaldu Messiga qarshi - bu ikki daho jangi. Beyl esa 100 mln evro turmaydi
“Real”ning sobiq direktori Xorxe Valdano dunyoning eng yaxshi o'yinchilari haqida fikr bildirdi.
“Beyl 100 million evro turmaydi. U bu narxni elkasida ko'tarib yuribdi. Ronaldu Madrid derbisida ajoyib jismoniy holatdagi ekanligi namoyon bo'ldi. U butun qanot bo'ylab harakatlandi. U murabbiy tomonidan bildirilayotgan katta ishonchdan rohat olmoqda. Ronaldu va Messining qarama-qarshiligida hamma narsa bor: “Real” “Barselona”ga qarshi, Evropa Janubiy Amerikaga qarshi. Bu ikki dahoning jangi. Grizmann uchun 100 million evro? U zo'r hujumchi, ammo hozirgi bozor hisob-kitoblariga ko'ra u ancha arzon turadi”, — deydi Xorxe.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar