So’nggi yangiliklar

02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Xorvatiya - yulduzlar fabrikasi. Bu jamoani 12 yil oldin mag'lub etganmiz Yangiliklar

Xorvatiya - yulduzlar fabrikasi. Bu jamoani 12 yil oldin mag'lub etganmiz

Xorvatiya milliy terma jamoasini ilk bor 1998 yilgi Jahon chempionatida ko'rganman.

O'shanda "shaxmatlilar" Franciyada o'tkazilgan katta mundialda munosib o'yin ko'rsatib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi.

Katta yoshdagi muxlislar Davor Shuker, Slaven Bilich, Alyosha Asanovich, Robert Prosinechki, Zvonimir Boban, Robert Yarni kabi futbolchilarni yaxshi eslaydilar. 1998 yilgi JCHda ayniqsa Davor Shukerning o'yini ko'pchilikka manzur kelgandi. Xorvatiyalik hujumchi 6ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'lgani ham yodda bo'lsa kerak.

Bugun o'sha "Oltin avlod"ning davomchilariga qarshi maydonga tushamiz. Bu U-17 Jahon chempionatida Xorvatiya o'smirlariga qarshi birinchi marta raqib bo'lishimiz emas. 2013 yil BAAda o'tkazilgan o'tkazilgan kichik mundialda ham Xorvatiya bilan o'ynab 2:1 hisobida g'alaba qozonganmiz. Fujayra shahrida bo'lib o'tgan bellashuvda hisob 1:1 bo'lib turgan paytda, o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Jamshid Boltaboev to'p kiritib, vakillarimizga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi. (O'shanda Nodirxo'ja ikkalamiz stadionda edik).

O'sha mundialda biz va Marokash guruhdan chiqib, Xorvatiya va Panamani ortda qoldirib ketganmiz. Eng qizig'i, Panama bilan ham o'shanda o'ynagan ekanmiz. Bugun yana tarix takrorlanayotgandek. Panama o'smirlar termasini guruh bosqichida ishonchli hisobda mag'lub etdik. Endi esa pley-offda Xorvatiya bilan to'qnash kelamiz. 



12 yil oldin 24 oktyabr kuni Xorvatiyani 2:1 hisobida engib, guruhdan chiqqandik. Bugun harakat qilsak, yana tarixni takrorlashga yaqinmiz. Faqat bu safar g'alaba qozonsak, musobaqaning 1/8 finaliga yo'l olamiz.

Hozirgi Xorvatiya o'smirlar termasi ancha kuchli ko'rinyapti. Jamoa guruhda ikki g'alaba va bir durang qayd etib, 7 ochko to'pladi. Va uchta o'yinda o'z darvozasidan atigi bitta gol o'tkazdi. Xorvatiya U-17 guruhda Senegal bilan 0:0 o'ynab, BAAni 3:0, Kosta Rikani esa 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Xorvatiya futboli Evropa etakchi o'rinlarda turadi. Mamlakatdan tez-tez nomdor futbolchilar chiqadi. Birgina Luka Modrichning qanchalik mashhur ekani hammaga malum. Biz bugun juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz. Xorvatiyani mag'lub etish o'smirlar terma jamoamizni yana bir pog'ona yuqoriga ko'taradi. Biz mana shunday jamoalar bilan elkama elka o'ynabgina kuchayishimiz mumkin. Muhim o'yin oldidan o'smirlar termamizga omad tilab qolamiz. 12 yil oldingi tarix takrorlanishiga umidvormiz. 


X.Xoliqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
16 noy 04:36:00
Amandos Zaripbaev
Odilbek Abdushukurov foydalanuvchining fikriga javob berish
Hamma himyachimizni aldab o‘tib gol urgandi shu o‘yinchi. Shundan keyin Barsa va boshqa ko‘plab klublar qiziqqandi, shu bilan boshini aylantirishdi, ruhan sindi.
одан алдын танылып болып еди Халилович
   
15 noy 23:34:43
Odilbek Abdushukurov
Play Mqrket foydalanuvchining fikriga javob berish
O‘sha yilgi tarkibida Alen Halilovich degan o‘yinchisi bor edi Barselonaga transfer bo‘lgandi. Himoyachilarimiz o‘yin berishmagan. Bechara bola yulduz bo‘lishi tahmin qilingandi. O‘sha chempionatdan keyin yo‘qolib ketti
Hamma himyachimizni aldab o‘tib gol urgandi shu o‘yinchi. Shundan keyin Barsa va boshqa ko‘plab klublar qiziqqandi, shu bilan boshini aylantirishdi, ruhan sindi.
   
15 noy 20:35:35
Play Mqrket
O‘sha yilgi tarkibida Alen Halilovich degan o‘yinchisi bor edi Barselonaga transfer bo‘lgandi. Himoyachilarimiz o‘yin berishmagan. Bechara bola yulduz bo‘lishi tahmin qilingandi. O‘sha chempionatdan keyin yo‘qolib ketti
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика