Xorvatiya termasining yetakchilaridan biri finalda o'ynamasligi mumkin

Mirjalol Normatov
14 iyul 2018, 23:11
"Inter" va Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Ivan Perishich JCHning finalida o'ynamasligi mumkin.

U mundialning yarim finalida jarohat olgandi. "Football Italia" xabariga ko'ra, u termasidagi bugungi mashg'ulotini oxirigacha etkaza olmagan. Shu boisdan u finalda maydonga tushmasligi mumkin.

Perishich yarim finalda Angliya qarshi bahsning qahramoniga aylandi. U gol urdi va Mario Manjukichning goliga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia