So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi master klassdan so'ng o'zbekistonlik murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi master klassdan so'ng o'zbekistonlik murabbiylar qanday fikrda?

Xabaringiz bor, kecha poytaxtimizda bolalar futboliga katta hissa qo'shayotgan Odil Ahmedov tashabbusi bilan Toshkent shahar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun xorijlik mutaxassis ishtirokida master klass o'tkazildi.

Tadbirda UEFA Pro licenziyasiga ega mutaxassis Yuriy Sverkov bir qator yangiliklar, o'zining tajribalari bilan bo'lishdi. Biz shu o'rinda anjumanda qatnashgan o'zbekistonlik murabbiylarning fikrlari bilan qiziqdik.

Dilshod Nuraliev ("Odil Junior" 2009 murabbiyi) - Ushbu mutaxassis bilan avvaldan tanish emasman. Odil Ahmedov tashabbusi ostida shunday seminar tashkil qilindi. Yuriy Sverkov o'zining dasturi bilan tanishtirdi. Xozirgi yosh murabbiylar uchun foydali bo'ladi. Har bir yoshda tajribali murabbiy bo'lishi kerak. Bizning bolalar futbolida bu narsa shakllanmagan. 6 yoki 7 yoshida bolalarni yig'ib 18 yoshgacha o'zi olib chiqadi. Har bir yosh toifasi 2 yillik oraliqda ishlashi kerak. 

Alisher Ibrohimov ("Bunyodkor" 2009 murabbiyi) - Birinchi navbatda Odil Ahmedovga rahmat aytmoqchiman. Evropadan kelgan murabbiydan kerakli narsalarni oldik. Bitta seminar bilan to'xtab qolish kerak emas. CHunki bir marttadan ko'p narsani egallab olish qiyin. Bunday tadbir faqat foyda keltiradi. 

Mamur Ikromov ("Odil Junior" darvozabonlar murabbiyi) - Ushbu seminarda ko'plab murabbiylar birga yig'ildik. O'ylaymanki, hamma o'zi qiziqtirgan malumotlarni oldi. Ularning dasturi nemis futbol maktabi asosida shakllangan. Evropalik murabbiylar ishtirokida har yili kamida 1 oy yoki 2 oy o'tkazilsa tezroq o'sish kuzatiladi.  




Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика