So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

“Xorazm”ga nima sababdan kelgani, Litvadagi faoliyati borasida Bobur Farhodov qanday fikrda? Yangiliklar

“Xorazm”ga nima sababdan kelgani, Litvadagi faoliyati borasida Bobur Farhodov qanday fikrda?

“Bunyodkor”da ajoyib o'yinlar ko'rsatgan yarim himoyachi Bobur Farhodov hozirda Pro-ligada “Xorazm” sharafini himoya qilmoqda.

“Olimpik” bilan kechgan bahsdan so'ng Bobur bilan suhbatlashdik hamda o'zimizni qiziqtirgan bir qator savollarga javob oldik.

- “Olimpik” bilan kechgan o'yin borasida qanday fikrdasiz?


- Bu o'yin biz kutgandan ham qiyin kechdi. “Olimpik” juda yaxshi va aqlli jamoa hisoblanardi. SHu tufayli uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. O'ylashimcha, o'yinda qayd etilgan natija adolatli bo'ldi.




- “Xorazm” ushbu mavsumda chempionatda qanday maqsadlarni ko'zlamoqda?


- Qolgan o'yinlarimizda ijobiy natija qayd etgan holda, chempionatni 5-o'rinda tugatmoqchimiz. Futbolchilar shu maqsad sari harakat qilmoqda.

- Endi biroz mavzudan chetlashsak. Ko'pchilik sizni Superliganing biror jamoasida to'p surishingizni kutgandi. Nima sababdan “Xorazm” variantiga to'xtaldingiz?


- Bilasizmi, joriy yil boshida Litva mamlakatiga yo'l olgan edim. Yozga kelib esa O'zbekistonga qaytdim. O'sha vaqtda ochig'i, birorta Superliga jamoalaridan taklif bo'lgani yo'q. SHu paytda “Xorazm” bosh murabbiyi Aleksandr Ejov aloqaga chiqib, yuritimizga qaytadigan bo'lsam, “Xorazm”ga kelishimni istayotganini aytgandi. Men esa u kishi bilan kelishib qo'ydim va vadamni ustidan chiqish uchun ham “Xorazm”ga keldim.

- Litva haqida gap ochdingiz. Siz u erda qaysi jamoa sharafini himoya qildingiz. U jamoaga sizni kim tavsiya qilgan edi?


- U erga agentlar orqali yo'l olgandim. Men Litvaning 1-ligasi ishtirokchisi “Miniya” klubi sharafini himoya qildim. Umuman olganda, jamoa yaxshi shakllangan va menga barcha sharoitlarni yaratib berdi.




- “Miniya”da to'p surish orqali o'ziz uchun nimani kashf qildingiz?


- To'g'risi, bu erda o'zimni uchun biror nimani kashf qila olganim yo'q. Viza bilan bog'liq muammo tufayli chempionat boshlanganidan so'ng Litvaga etib bordim. “Miniya”ning taxminan 8 yoki 9ta uchrashuvida maydonga tushdim. Juda kam muddat jamoa bilan birga bo'ldim.

- Yana Litvadan taklif bo'lsa, u erga qaytib borasizmi?


- Qachonki evrokuboklar uchun kurashadigan yoki to'p suradigan jiddiy jamoadan taklif bo'lsa, albatta borgan bo'lardim.

- Litvada ham legionerlarga yaxshi maosh to'lashadimi?


- Yo'q. Faqatgina, evrokuboklarda to'p suradigan jamoalari maosh borasida yaxshi. Qolganlarida u qadar katta maosh berilmaydi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика