“Xorazm” jamoasi xotira turnirida ishtirok etmoqda
24 fev 2015 12:12
Yangiliklar

“Xorazm” jamoasi xotira turnirida ishtirok etmoqda
Joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonining ikkinchi bosqichini o'tayotgan Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi vohada tashkil etilayotgan turli musobaqalarda ham qatnashmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Vali Sultonov ushbu o'yinlardan shogirdlarining jismoniy, taktik va texnik jihatlarini sinovdan o'tkazishda unumli foydalanyapti.
Jumladan, “Xorazm”lik futbolchilar Xonqa tumani markaziy o'yingohida uyushtirilayotgan futbol fidoyisi Qahramon Musaev xotirasiga bag'ishlangan turnirda ham ishtirokini boshlashdi. Urganchlik “charm to'p” ustalari dastlabki uchrashuvni “Umid nihollari-2005” jamoasiga qarshi o'tkazishdi. O'yinda tajriba o'z so'zini aytdi. “Xorazm” jamoasi 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Urganchlik futbolchilarning o'yinini kuzatish maqsadida “Xonqa” o'yingohiga Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Otajonov va “Xorazm” futbol klubi direktori Sultonboy Nurmetovlar ham tashrif buyurishdi.
Bevosita xotira turniri xususida to'xtalsak, unda sakkizta jamoa ishtirok etyapti. Musobaqaning dastlabki kunida to'rtta uchrashuv o'tkazildi:
“Xorazm” (Urganch) – “Umid nihollari-2005” (Urganch) - 5:0,
“Xonqa” (Xonqa tumani) – “Urganch OZK-2” (Urganch) - 4:3,
“Bog'ot” (Bog'ot tumani) – “Xorazm-2” (Urganch) - 1:2,
“Urganch OZK-1” (Urganch) - “Urganch OZK-3” (Urganch) - 4:1.
Ikrom XUDOYBERGANOV,

Fikrlar