So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Xorazm viloyati futbol Federaciyasining 2014 yilgi yakunlari sarhisob qilindi Yangiliklar

Xorazm viloyati futbol Federaciyasining 2014 yilgi yakunlari sarhisob qilindi

Urganch shahridagi “Visol” to'yxonasida Xorazm viloyati futbol federaciyasining 2014 yilgi yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirga viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federaciyasi vakillari,  shuningdek, vohaning etakchi mutaxassislari, murabbiylari, futbolchilari, ommaviy axborot vositalari va mehmonlar tashrif buyurishdi.
  
Tadbir davomida O'zbekiston chempionatining joriy yilgi  ayollar birinchi ligasida faxrli uchinchi o'rinni egallab, kelasi yildan oliy ligaga yo'llanma olgan Yangibozor tumanining “To'maris” ayollar jamoasi va 2014 yil bo'yicha Xorazm viloyatining “Eng yaxshi”larini  sharaflash marosimi o'tkazildi.
  


Jumladan, Xorazm viloyati futbol federaciyasi  tomonidan uyushtirilgan so'rovnomaga asosan aniqlangan g'oliblar  viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va viloyat futbol federaciyasi tomonidan tegishli darajadagi diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
  
Quyidagilar Xorazm viloyati futbolining 2014 yil yakuni  bo'yicha “Eng yaxshi”lar nominaciyasida g'olib bo'lishdi:
   “Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Jamshid Iskandarov,
   “Yilning eng yaxshi iqtidorli futbolchisi” – Umidbek Sultonov,
   “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” – Habibulla Matyoqubov,
   “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” – Dilnoza Bektemirova,
   “Yilning eng yaxshi faxriy futbolchisi” – SHokir Do'schanov,
   “Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” – Otabek Rahimov,
   “Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Islom Abdusharipov,
   “Yilning eng yaxshi ayollar futboli murabbiyi” – Olimboy Davletov,
   “Yilning eng yaxshi mini futbol jamoasi” – “Aloqa Bank” jamoasi,
   “Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi” – 2002 yilda tug'ilgan yoshlar viloyat terma jamoasi,
   “Yilning eng yaxshi hakami” – Anvar Alimov,
   “Yilning eng yaxshi to'purari” -  Feruzbek Jabborov.
  


SHuningdek, 2014 yilda Xorazm viloyati birinchiligida  g'olib chiqqan Urganch Davlat universiteti va  Xorazm viloyati kubogi sohibi bo'lgan Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi.
  
- Ushbu bayram tadbiri yangi yil arafasida vohamiz futbol ahliga quvonchli daqiqalarni baxshida etdi, - deydi Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshanbek Otajonov. – Ishonchim komilki, ushbu tadbirimiz keyingi yillarda  vohamiz futbolini yanada yuqori cho'qqilarni egallashiga o'ziga xos omil vazifasini o'taydi.  

- Bu kunni hech qachon unuta olmasam kerak, - deydi “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominaciyasi g'olibi Islom Abdusharipov.  – Vaholanki, vohamizda juda ko'p tajribali murabbiylar faoliyat yuritishadi. SHunga qaramay, ular orasida Xorazm viloyatining 2014 yilgi eng yaxshi murabbiyi deb etirof etilishim menga bitmas –tuganmas sevinch  va g'urur bag'ishlayapti.
  


- Viloyatimizda o'tkazilayotgan  mini futbol musobaqalarida muntazam ravishda ishtirok etib kelamiz, - deydi “Aloqa Bank” mini futbol jamoasi sardori Furqat Jumaniyozov. – Joriy yilda jamoamiz beshinchi marotaba Xorazm viloyati hokimi kubogini qo'lga kiritdi. Albatta, bundan xursandmiz. Ayniqsa, 2014 yil yakuniga ko'ra mini futbol jamoamizning Xorazm viloyatida eng kuchli deb etirof etilishi biz uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Bu bizga o'zgacha kayfiyat bag'ishlayapti.
  
Xorazm viloyati futbol federaciyasining 2014 yilgi yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosimda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari SH. Xo'janiyozova ishtirok etdi va maruza qildi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика