“Xorazm” tayyorlanmoqda
17 jan 2014 21:40
Yangiliklar

“Xorazm” tayyorlanmoqda
Birinchi liganing etakchilaridan biri hisoblangan Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi yangi mavsumga tayyorlanmoqda.
Vohaliklar 10 yanvardan Xorazm sport majmuasi o'yingohida murabbiy Oybek Quryozov boshchiligida shug'ullanishyapti. Hozircha kuniga bir marotaba o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda o'tgan yili jamoa safida to'p surgan deyarli barcha mahalliy futbolchilar ishtirok etishayotir. SHuningdek, yig'inda ko'plab yosh “charm to'p” ustalarini ham ko'rish mumkin.
17 yanvar kuni “Xorazm”liklar o'zlarining dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Ular joriy yili Namangan zaminida bo'lib o'tadigan “Barkamol avlod” sport musobaqasiga tayyorgarlik ko'rayotgan viloyat terma jamoasi bilan o'zaro kuch sinashishdi. O'yin 3:0 hisobida birinchi liga vakilining g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.
I. Xudoyberganov.

Fikrlar