So’nggi yangiliklar

17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1

"Xorazm" - "Orol". Prevyu Yangiliklar

"Xorazm" - "Orol". Prevyu

11 aprel kuni Pro -Liga A ning ikkinchi turida Nukusning "Orol" jamoasi Urganchda "Xorazm" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Har ikkala jamoa ham birinchi turda omadsizlikka uchradi. Nukusliklar o'z maydonida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan bo'lsa, urganchliklar G'uzorda "SHo'rtan"dan qaqshatqich mag'lubiyatni qabul qilib olishdi - 1:5.

SHu bois bu galgi o'ziga xos derbi har qachongidan ham o'zgacha tarzda kechishiga shubha yo'q.

"Orol" jamoasi bu mavsumda bir qator sobiq futbolchilarini o'z safiga qaytardi. Damir Nizanov, Navro'z Alimov, Azamat Babajanovlar tarkibga qaytdi. Ikkita Navro'z va Azamat Babajanov hujum triosidan muxlislarning umidlari katta.

O'z navbatida Xorazm jamoasi safida qoraqalpog'istonlik ikki nafar futbolchi Erbol Seytnazarov va Oybek Nurboevlar sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishlari mumkin.

Jamoalarning oxirgi 6 ta toqnashuvining 4 tasida "Xorazm", 2 tasida "Orol"ning qo'li baland kelgan. Bundan ko'rinib turibdiki derbida hech bir jamoa murosa ko'chasini tanlash haqida o'ylamaydi.

"Orol" jamoasi o'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaganda oxirgi 14 o'yinning faqat bittasida g'alaba qozongan, so'ngi 5 ta to'qnashuvni esa faqat mag'lubiyat bilan yakunlamoqda.

Bugun bo'lib o'tadigan derbida muxlislarni shiddatli futbol kutmoqda.

Furqat Yusupov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика