So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  7 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  6 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  4 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  34 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  308 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5

"Xorazm" klubi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Maqsud Karimovning maqsadi oliy Yangiliklar

"Xorazm" klubi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Maqsud Karimovning maqsadi oliy

"Xorazm" klubi 2020 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlikni qizg'in olib bormoqda.

Mashg'ulotlar kuniga bir mahaldan "Xorazm" sport majmuasining suniy qoplamali maydonida olib borilmoqda.

Jamoadagi o'zgarishlar

2017 yilda buyon bosh murabbiy bo'lib ishlab kelgan Aleksandr Ejov lavozimini tark etdi. SHuningdek u bilan birgalikda hujumchi Sarvar Jumaniyozov "Oq-tepa" klubiga borib ko'shilgan.
O'zbekiston U-19 azosi Muhammadqodir Rahimberdiev ijara muddati tugagani sababli "Mashal" klubiga kaytib ketdi. SHuning klubni Xurmatbek Yo'ldoshev ham tark etgan.

Ayni damda "Xorazm" klubini vaqtincha Maqsud Karimov shug'ullantirmoqda. Uning takidlashicha klubga yangi bosh murabbiy va besh-olti nafar futbolchi kelib qo'shilishi kutilmoqda.


"Xorazm" klubi uy o'yinlarini qaysi maydonda o'tkazadi?

Tamilash ishlari tugagan "Xorazm" sport majmuasining maydon chimi to'liq o'sib chiqmaganligi sababli, uy o'yinlarini "Yoshlik" sport majmuasining suniy qoplamali maydonida o'tkazib turadi.


Klubning moliyaviy holati qanday?

Futbolchilarning oylik maoshidan qarzdorlik to'liq to'langan. Lekin mukofot pullaridan qarzdorliklar bartaraf qilinmagan. 2020 yil uchun kirim-chiqim xarajatlar tasdiqlanmagan.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki. Maqsud Karimov boshchiligidagi "Xorazm"ning yangi mavsumdan maqsadlari judayam jiddiy va Superligaga yo'llanma olish!



Xursandbek Matkarimov tayyorladi
Fotomuxbir: Yarashvay Jumanazarov

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика