“Xorazm” 20 dekabrda yig'iladi
14 dek 2013 19:00
Yangiliklar


“Xorazm” 20 dekabrda yig'iladi
Urganchning “Xorazm” jamoasi ham kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida yig'inni kelasi haftadan boshlashni rejalashtirmoqda.
“SA”ning aniqlashicha bosh murabbiy Mansur Davletov futbolchilarni 20 dekabr kuni yig'adi va Urganchdagi stadionda mashg'ulotlarga kirishiladi.
Ana shu dastlabki yig'in davomida klubni tark etgan yoki tarkibga kelib qo'shilgan o'yinchilar nomi aniq bo'ladi.
Jamoaning istedodli hujumchilari Qadamboy Nurmetov va Murod Bobojonovga “Olmaliq”dan taklif bo'lgani haqida aytilayotgandi. Malum bo'lishicha, bu masala hali beri aniq emas.
Bu yilgi chempionatda 6-o'rinni egallagan “Xorazm” oldiga keyingi mavsumda oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yilishi extimoli bor.

Fikrlar