Xonda “Milan” uchun yiliga 10 million evro foyda keltiradi
30 dek 2013 09:21
Yangiliklar


Xonda “Milan” uchun yiliga 10 million evro foyda keltiradi
CSKA klubi sobiq yarim himoyachisi Keysuke Xondaning “Milan”ga o'tishi, “rossoneri”larga yiliga qo'shimcha ravishda 10 million evro foyda keltirib turadi, deb xabar beradi Tuttosport.
Manbaning xabariga ko'ra, bunday mablag'ni italiyaliklar merchendayzing orqali ishlab topishadi. Ular 27 yoshli Yaponiya terma jamoasi o'yinchisining futbolkalarini sotish va turli xildagi homiylik shartnomalarini imzolash orqari foyda ko'rishadi.
Takidlanishicha, Xonda o'z vatanida McDonald’s, Coca Cola Japan va NTT Docomo to Mizuno kabi kompaniyalar hamkorlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Xonda “Milan” 2017 yilning 30 iyunigacha shartnoma imzolagan va yiliga 2.75 million evro maosh oladi.

Fikrlar