Xoland "Siti" tarkibida ilk mavsumdagi rejalari haqida gapirdi
10 iyu 2022 23:27
Yangiliklar
Xoland "Siti" tarkibida ilk mavsumdagi rejalari haqida gapirdi
Yozgi transfer oynasida hujumchi Erling Xoland Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Siti"ga o'tdi.
Yakshanba kuni norvegiyalik futbolchi "shaharliklar" muxlislariga tanishtirildi. Boshqa fikrlar bilan bir qatorda, Xoland yangi mavsumdagi umidlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Ishonchim komilki, biz birgalikda mazmunli lahzalarni boshdan o'tkazamiz.
Mavsumdan umidlarim? Jamoadagilar tanishish, mustahkam aloqa o'rnatish hamda zavq olish. Qachon men futboldan rohatlansam, gollar uraman va g'alaba qozonaman", - dedi futbolchi.
Fikrlar