Xoland safdan chiqdi, "Borussiya"ning yana bir futbolchisi mavsum oxirigacha o'ynamaydi
29 may 2020 17:29
Yangiliklar
Xoland safdan chiqdi, "Borussiya"ning yana bir futbolchisi mavsum oxirigacha o'ynamaydi
Bundesliga 28-turida "Borussiya D" o'z maydonida "Bavariya"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Ana shu uchrashuvda dordmundliklar safida biryo'la ikki o'yinchi jarohat oldi.
"Borussiya" bosh murabbiyi Lyusen Faqrning xabar qilishicha, myunxenliklarga qarshi bahsda hakam bilan to'qnashib ketgan Erling Xoland 29-turda "Paderborn"ga qarshi o'ynamaydi, shuningdek, yarim himoyachi Mahmud Daud ham bellashuvni o'tkazib yuboradi.

"Afsuski, "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan keyin Daud mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqanini bildik", - dedi Favr.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya D" "Paderborn"ga qarshi 31 may kuni mehmonda to'p tepadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar