Xoland - "Real"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy transfer maqsadi

Alisher
15 okt 2020, 17:21
Madridning "Real" klubi "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xolandni nishonga oldi.

"Qirollik klubi" haligacha 20 yoshli norvegiyalik futbolchini kuzatmoqda va unga yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida qaramoqda.

"Real" shuningdek PSJ forvardi Kilian Mbappe uchun ham da'vogarlik qilmoqda, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab transferni amalga oshirish qiyin.

Xoland joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca