Xoland "Real"ga o'tmaydi(mi)?
12 apr 2022 19:19
Yangiliklar
Xoland "Real"ga o'tmaydi(mi)?
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning "Real"ga o'tishi dargumon, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marcio sayti.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" hujumchini 125 million evroga sotib olishga tayyor, biroq faqat 2023 yilning yozida. Xoland esa kelasi yozda klubini o'zgartirish niyatida. SHu tariqa, Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolay olmasagina norvegiyalik futbolchining nomzodiga qaytadi.
21 yoshli Xoland joriy mavsumda Dortmundning "Borussiya" klubi safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar