Xoland PSJ bilan o'yinda 60 metrni 6,64 soniyada bosib o'tdi. Jahon rekordi - 6,34
19 fev 2020 16:24
Yangiliklar
Xoland PSJ bilan o'yinda 60 metrni 6,64 soniyada bosib o'tdi. Jahon rekordi - 6,34
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi PSJ (2:1)ga qarshi ilk o'yinda sprinterlik tezligini namoyish etdi.
19 yoshli norvegiyalik PSJning burchak to'pidan so'ng qarshi hujumga o'tish maqsadida 60 metrni 6,64 soniyada bosib o'tdi.
Bu masofadagi jahon rekordi amerikalik Kristian Koulmenga tegishli - 6,34, Norvegiya rekordi esa 6,55ga teng.
Xolandning og'irligi 87 kilogramm, bo'yi esa 194 smga teng.
Erling Xoland "Borussiya" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar