Xoland "Manchester Siti"ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etdi
03 may 2023 12:01
Yangiliklar
Xoland "Manchester Siti"ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etdi
Hujumchi Erling Xoland "Manchester Siti"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini qabul qilmadi.
Klub kelishuvning moliyaviy tomonlarini futbolchi uchun yaxshilagan holda, tovon puli borasidagi bandni olib tashlamoqchi edi. Futbolchining "shaharliklar" bilan kelishuvi 2027 yilgacha amal qiladi, keyingi yildan esa 200 million evro miqdoridagi tovon puli bandi kuchga kiradi. "Man Siti" shartnomani 2028 yilgacha uzaytirib, tovon pulini olib tashlab, futbolchi maoshini oshirib, har bir urilgan gol uchun bonus taklif qilgandi — o'yinchi buni rad etdi.
Fikrlar