Xoland: "Asabiylashmaslikka harakat qilyapman"
17 jan 2023 21:35
Yangiliklar
Xoland: "Asabiylashmaslikka harakat qilyapman"
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland so'nggi paytlarda gol ura olmayotgani haqida gapirdi.
"Bu men uchun ham yaxshi amaliyot bo'lmoqda. Bu menga ko'p o'ylamaslikka, biroz bo'shashishga turtki bermoqda. CHunki stress hech kimning foydasiga xizmat qilmaydi.
Stressni yomon ko'raman, asabiylashmaslikka harakat qilaman. Meditaciya jarayoni keraksiz fikrlarni miyadan chiqarib yuborishga ham yordam beradi.
Barchasi individuallikka bog'liq. Barchasi foydaga xizmat qiladi", - dedi Xoland.
Fikrlar