Xoland APLda 30 yil oldingi rekordni takrorladi
04 sen 2022 08:30
Yangiliklar


Xoland APLda 30 yil oldingi rekordni takrorladi
Angliya chempionati 6-turida “Manchester Siti” safarda “Aston Villa” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Uchrashuvda hisobni “shaharliklar” hujumchisi Erling Xoland ochdi. Bu 22 yoshli norvegiyalikning mavsum startidan o'rin olgan 6-o'yinidagi 10-goli bo'ldi. SHu tariqa, Xoland 1992 yil Miki Kuinn tomonidan o'rnatilgan musobaqa rekordini takrorlashga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Erling qatorasiga uch bahsdan beri to'p kiritmoqda. U “Nottingem Forest” (6:0) va “Kristal Pelas” (4:2)ga qarshi o'yinlarda xet-trikka erishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar