Xojson: "Runiga Evro-2016da Angliya terma jamoasidan joy kafolatlanmagan"
26 dek 2015 12:43
Yangiliklar


Xojson: "Runiga Evro-2016da Angliya terma jamoasidan joy kafolatlanmagan"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi uchun Evro-2016 chempionatida jamoadan joy kafolatlanmaganini aytdi.
"Runi kiyinish xonasida yoki murabbiy sifatida jamoadoshlariga foydali bo'lishi ahamiyatga ega emas. Bizga futbol o'ynab, jamoani ortidan ergashtira oladigan Runi kerak. Ueyn Evro-2016gacha formasini tiklab oladi degan umiddaman, chunki unga jamoada joy kafolatlanmagan. Tarkibda bunday tajribaga ega futbolchi bo'lishi - bu ustunlik" - deydi Xojson.
Runi APLning joriy mavsumida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar