So’nggi yangiliklar

08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  0 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8

Runining Saloh haqida fikri: "U himoyada yordam bermaydi – "Liverpul" zaxirasida o'tirgan yangi o'yinchilar buni ko'rib qanday xulosa chiqaradi?" Yangiliklar

Runining Saloh haqida fikri: "U himoyada yordam bermaydi – "Liverpul" zaxirasida o'tirgan yangi o'yinchilar buni ko'rib qanday xulosa chiqaradi?"

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Liverpul" muammolari haqida gapirdi.

Shanba kuni mersisaydliklar "Enfild"da "Nottingem Forest"ga yirik hisobda yutqazdi – 0:3.

"Slot o'rnida bo'lsam, men jamoaga tasir ko'rsatadigan muhim qaror qabul qilishga jurat qilardim. Saloh himoyada yordam bermaydi.

Agar siz jamoaga yangi kelgan o'yinchi bo'lsangiz va zaxirada o'tirib, uning ortiga qaytmasligini ko'rsangiz qanday signal qabul qilasiz?

Ular og'ir davrni boshdan kechiryapti, shunday emasmi? Balki Jota bilan sodir bo'lgan voqea ularga tasir qilgandir. Bu albatta o'z izini qoldiradi. Lekin bu ularning kurashmasligi va hujumlarni to'xtatmasligiga bahona bo'la olmaydi. Menimcha, Slot oldida ularga o'yinni va g'alabalarni qaytarish bo'yicha katta ish turibdi.

Eng muhimi – hozirgi natijalardan keyin doim Yurgen Klopp yodga olinadi. Bu biroz ser Aleks Fergyuson davrini eslatadi. Masalan, "Manchester Yunayted"ga Devid Moyes yoki van Gal kelganida ham Fergi ismi doim tilga olinardi. Slotga nisbatan ham shunday – "u Yurgen Klopp emas, u Kloppdek yaxshi emas" deyishadi. Ammo menimcha, "Liverpul" muxlislari buni qo'yib, Slotga yordam berishlari kerak", – dedi Runi.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
25 noy 13:55:37
Samsung
Axir Runi murabbiylikdi " yorvorgan"lardanku, biladi) ueyn undan ko'ra bundanam yomonroq holatdagi MYU ning muammosini yechib ber
   
24 noy 23:32:34
Shahzod Sayfullayev
Saloh yozda ketadi baribir manimcha orniga kimnidir olish kk edi shu yozda.Runi haq boshqalar bundan ornak oladi Slot hozir katta pulga kelgan tipa yulduzchlar jamoaga qanchalik foyda va zarar keltirishini koryapti.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика