So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

"Xo'jand" bosh murabbiyi: "O'yin xech qanday ahamiyat kasb etmasdi. Yigitlarni ruxiy tomonlama tayyorlash qiyin bo'ldi" Yangiliklar

"Xo'jand" bosh murabbiyi: "O'yin xech qanday ahamiyat kasb etmasdi. Yigitlarni ruxiy tomonlama tayyorlash qiyin bo'ldi"

"Xo'jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjaev "Oloy" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi, yigitlarni ruxiy tomonlama tayyorlash oson bo'lmadi. Oldimizga boshqa vazifa qo'yilgandi. Ammo bu futbol. Birinchi o'yin juda qiyin o'tgandi. "Oltin Asr"ga qarshi bahs oson bo'lmadi. Ikkinchi o'yin esa rejamiz bo'yicha kechmadi va kutilgan natijani qayd eta olmadik. Uchinchi bahs esa xech qanday ahamiyat kasb etmasdi. SHuning uchun yigitlarni ruxiy tomonlama tayyorlash oson bo'lmadi. 


Darvozabonning ham o'rniga yosh posbonimizni tushirdik. Futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi va g'alabaga erishishdi. Biz uchun musobaqani g'alaba bilan tugatish muhim edi. Endi etiborimizni chempionat o'yinlariga qaratamiz", - dedi bosh murabbiy. 


Dilshod Bozorov: Bugun yaxshi g'alabaga erishdik. Biz pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandik. Ammo Qirg'iziston jamoasi ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. 

Rustam Xodjaev: - Eng asosiysi musobaqa davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Guruhdan chiqa olmaganimiz uchun muxlislarimizdan kechirim so'rayman. Biz imkoniyatimiz darajasida, qo'limizdan kelganicha o'ynadik. 

Futbolchi va legionerlar bilan aynan OFK kubogi uchun emas, butun boshli yil uchun shartnoma imzolaymiz. Bizda OFK kubogidan tashqari mamlakat chempionati va kubok o'yinlari ham bor. 


- Jamoaning navbatdagi rejalari qanday?

- Yigitlar uch kun dam olishadi. Dushanbadan boshlab yig'ilamiz va navbatdagi reja asosida tayyorlanishni boshlaymiz. 

- Jamoa oldidagi vazifalar qanday?

- Oldimizga maksimal vazifalar qo'yilgan. Bizda shahar meri tomonidan qo'llab-quvvatlov bor. Ichki musobaqalarda "Istiqlol"ga yaxshigina raqobat tug'dira olamiz. 

Tolibjon Qosimov, Dushanbe shahridan

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика